PDP UI/UX qo‘llanma · v0.7

Rasmiy brend

PDP Bosma

Qog‘oz uchun hamma narsa: A4 hujjatlar va shablonlar, vizitka, poster, beydj, ID karta, sertifikat va muhit dizayni. Sahifa maydonlari, pt shkala, CMYK ranglar va bosma oldidan tekshiruv.

Bosma hujjatlar

Qog‘ozda ham bitta tizim

SOP, ish kartochkalari, ilova-formalar, jurnallar, kelishuvlar, HR hujjatlari va qo‘llanmalar A4 qog‘ozda chiqadi. Tasdiqlangan hujjat .docx da yuritiladi, tarqatish uchun PDF chiqariladi. Tuzilma va o‘lchamlar hamma brend uchun bir xil; brenddan faqat to‘rt narsa keladi: shrift, belgi, brend chizig‘i va 1-bet maydoni. Bosmaning o‘z shkalasi bor — pt: ekran o‘lchamlari bu yerga ko‘chirilmaydi.

A4210 × 297 mm, kitob holati
10 ptasosiy matn, qator 1.5
5hujjat turi
.docx → PDFshrift faylga joylanadi

Blank, SOP, blankalar va shartnoma shablonlari — A4 shablonlar; bosma ranglari — CMYK ranglar. EcoSystem vizitkasi, posteri va roll-up’i — Vizitka va roll-up, sertifikat — Sertifikat.

Yillik hisobot

Yillik hisobot — A4, 12 bet

Hamkor, investor va jamoa uchun yil yakuni: muqova, mundarija, rahbar maktubi, raqamlar yoyilmasi, grafik betlari, keys, moliya jadvali va orqa muqova. Skrepka uchun 12 bet — o‘quvchi va bosmaxona tartibida, setka bilan. Faqat EcoSystem, raqamlar — namuna.

Ma’lumot varag‘i

Ma’lumot varag‘i — bitta bet A4

Hamkor yoki investor bilan birinchi uchrashuv uchun: kim ekanmiz, to‘rtta raqam, loyihalar, nima taklif qilamiz va kim bilan bog‘lanish kerak. Ofis printerida chop etiladi va PDF bilan yuboriladi. Faqat EcoSystem, raqamlar — namuna.

Oylik KPI hisobot

Oylik KPI hisobot — A4 yotiq

Rahbariyat yig‘ilishi uchun ikki bet: oltita KPI plitka, ikki grafik, xulosa, yo‘nalishlar jadvali va xavflar. Tartib har oy bir xil — oylarni yonma-yon solishtirish oson. Grafiklar faqat --eco-chart-* tokenlarida. Faqat EcoSystem, raqamlar — namuna.

Dashboard → PDF

Dashboard’ni PDF qilish — bosma uslubi

Ilova dashboard’i «Chop etish / PDF» tugmasi bilan A4 yotiq hujjatga aylanadi: boshqaruv yo‘qoladi, tepada filtr va eksport vaqti, pastda bet raqami, kartalar betlar orasida bo‘linmaydi, Dark — Light’ga o‘tadi. Belgilash bitta — faqat bosma CSS qo‘shiladi. Faqat EcoSystem, raqamlar — namuna.

Hujjatdagi grafiklar

Hujjatdagi grafiklar — savoldan shaklga

Hisobot va taqdimotdagi grafik uchun tanlov: Financial Times «Visual Vocabulary» ning to‘qqiz oilasi — bizning shakllarimizga. Qog‘oz uchun ranglar, o‘lchamlar va grafik anatomiyasi. Ranglar — faqat --eco-chart-1…6 (EcoSystem: yashil, qora, limon, kulranglar). Ekran grafiklari — Grafiklar va Ma’lumot vizualizatsiyasi.

Bosma jadvallar

Bosma jadvallar — moliya, KPI va uzun ro‘yxat

Hisobot va PDF uchun jadval: raqamlar o‘ngga va bir xil enli, birlik sarlavhada, guruh va jami aniq ko‘rinadi, zebra va rang bezagi yo‘q. Bitta sinf — .eco-ptable — ekranda (Light / Dark) va qog‘ozda. Interaktiv jadval — Ma’lumotlar jadvali. Faqat EcoSystem, raqamlar — namuna.

Vizitka va roll-up

Aydentika qog‘ozda: vizitka, poster va roll-up

EcoSystem’ning chiziqli orbitalari bosmada: vizitka 90 × 50 mm, A3 poster, roll-up 850 × 2000 mm va mobil banner. Maketlar — Figma kadrlaridan, matnlar — namuna. Faqat EcoSystem.

Sertifikat

Sertifikat va diplom: oltita konsepsiya

O‘quv dasturini tamomlaganlik sertifikati — bosma (A4 yotiq) va raqamli nusxa. Har variant brendning o‘z grafikasidan: orbitalar, belgi qurilishi, nurli belgi, mesh, nuqtali to‘r va parametrik guilloche. Ism — eng yirik element, har nusxada unikal ID va tekshirish QR kodi. Faqat EcoSystem, matnlar — namuna.

Muhit dizayni

Muhit dizayni — panjara, oyna, devor va belgilar

Binodagi brend: metall panjara (University, School), shisha devorlardagi matli plyonka (EcoSystem, University, School) va A4 yo‘naltiruvchi belgilar (University). Maketlar — dizayner kadrlaridan (Figma), vektor xonada; o‘lchamlar millimetrda, ranglar va materiallar — taklif.

PDP Design System v0.7 · brend: PDP EcoSystembrend: PDP Academybrend: PDP Schoolbrend: PDP Universitybrend: PDP Onlinebrend: PDP Junior Barcha loyihalar · PDP School DS v1.0 · © 2026 PDP Dizayner — Rahim Sadiy · RedFox