PDP UI/UX qo‘llanma · v0.15.140
Rasmiy brendPDP Dashboard
Har veb dashboard — ERP, LMS, Desk — shu ota komponentlardan quriladi: yon menyu turlari va rels rangi.
Hech narsa topilmadi. Boshqa so‘z bilan urinib ko‘ring.
Ko‘lam — raqamlarda
Yig‘ishda manbadan sanaladi · 23.11.2026
- 30bo‘lim
- 157jonli namuna
- 154hujjat bloki
- 113.eco-* komponent klassi
Rels rangi [Rail colour]
Rels doim qorong‘i, rangi — brenddan
Rels rangi brend tokenidan olinadi; mahsulot rangni o‘zi yozmaydi.
Brend bo‘yicha rels
--eco-rail-bg · --eco-rail-inkQoidalar va kod
- Qoida: rels doim qorong‘i (Light’da ham, Dark’da ham), rangi — brend tokenidan:
--eco-rail-bg(fon) va--eco-rail-ink(yozuv; tinch papka — 64 %, hover va tanlangan — 100 %). Komponentda HEX yo‘q. - Brendlar: EcoSystem —
--eco-color-black(#141414, qora maydon); School —--eco-color-school-navy(#0E1433, LMS relsidagi tasdiqlangan «tun», r117). Academy, University, Online, Junior — hozircha EcoSystem qorasi, AD rang bermaguncha. - Manba:
brands/<brend>.js→rail: { bg, ink }→tokens.js railTokens→--eco-rail-*(har brend, ikkala rejim). Paket:.eco-shell__rail(shell.css) shu tokenlarni oladi. - Tanlangan papka — brend to‘ldirilgan pill (
--eco-bg-brand-solid), ikonka oq, yorliq ham brend rangida (r234b,--eco-rail-sel-ink; School’da ochroq pog‘ona — kontrast 6,3:1); son pill’i — brend rangida. Band — Yadro .eco-rail-item. - Mahsulot ustunligi:
--eco-shell-rail-bg— faqat o‘tish davri uchun (LMS hali shu bilan yozadi; 2-bosqichda--eco-rail-bgga o‘tadi). Yangi mahsulot — faqat--eco-rail-*.
| Token | EcoSystem | School | Qayerda |
|---|---|---|---|
--eco-rail-bg | --eco-color-black | --eco-color-school-navy | rels foni, fokus halqasi ostidagi chet |
--eco-rail-ink | --eco-color-white | belgi, papka yorlig‘i (64 % / 100 %), hover foni (10 %), pastki tugmalar | |
Silsila
Tepa panel [Top bar]
Tepa panel: yig‘ish, yo‘l va bitta ko‘rsatkich
Har ekranda bir xil qator — sahifa amallari bu yerda emas, sahifa sarlavhasida.
Sahifa karkasi [Page shell]
Sahifa karkasi: rels, panel, tepa panel va ish maydoni
S3 — tasdiqlangan karkas: ish maydoni sahifadan sahifaga almashadi, qolgani joyida turadi.
Ro‘yxat sahifasi [List page]
Ro‘yxat sahifasi: sarlavha, xulosa, ko‘rinishlar, filtr va jadval
Har ro‘yxat ekrani shu bitta shablondan — ERP «Masdar»dan ko‘tarilgan.
Bosh panel [Overview]
Bosh panel: bitta bosh raqam, navbat, KPI va prognoz
Rahbar ish kunini boshlaydigan sahifa — 12 ustunli to‘r, tor joyda ikki ustun.
Grafiklar [Charts]
Grafiklar: ota komponentlar
ERP, LMS va Desk grafiklari shu Moddalardan chiziladi — ma’lumot JSON’da, SVG qo‘lda yozilmaydi.
Grafik qismlari [Chart parts]
Grafik qismlari va turlari
Grafiklar’ga qo‘shimcha: o‘lcham tokenlari, qismlar (prognoz zonasi, anomaliya, diapazon, delta, AI xulosa) va to‘rt yangi tur — beta.
Ro‘yxatdan o‘tish [Sign up]
Ro‘yxatdan o‘tish va kirish: 13 ta bosh sahifa
EcoSystem uchun o‘n uchta to‘liq ekran — bannerli, bannersiz, toza, Light va Dark. Har biri jonli: «Davom etish» → SMS kod → tayyor.
Qoidalar va kod
Har ilovaning birinchi ekrani — bitta vazifa, bitta asosiy tugma. Asosiy usul — telefon va SMS kod (asosiy auditoriya), e-pochta — ikkinchi yo‘l. Maketlar: markaziy karta (A), aurora fon (B), brend paneli (C), tun paneli (D), qadamlar (E), minimal (F), xizmatlar mozaikasi (G), rol tanlash (H), usullar va QR (I), mobil (J), bosqichma-bosqich (K), muqova paneli (L), muqova sahnasi (M). Ota komponentlar: maydon, telefon guruhi, SMS kod, tugmalar, tanlov kartalari, qadamlar, aurora. Kichik namunalar va texnik qoidalar — Sayt «Kirish sahifalari» (/ds/sayt/#auth). G‘oyalar — Linear, Vercel, Stripe, Notion, Revolut, Clerk kirish sahifalari; matnlar — neytral namuna.
Ulash [Integration]
kod — har variant ostidagi «Qoidalar va kod»daTasdiqlangan 9 variant (A, B, C, D, E, H, I, J, K) — mahsulotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi: butun ekran, telefonga moslashadi, qadamlar va SMS kod paketdagi skriptda.
Qoidalar va kod
- Ulanish: shriftlar →
tokens/ecosystem.css→pdp-components.css→pdp-components.js(defer) — Yadro → Ulanish. Alohida auth fayli yo‘q:.eco-authpaket ichida. - Kod: variant ostidagi «Qoidalar va kod» → «Kod» —
.eco-authildizi bilan to‘liq HTML (namunaning o‘zidan avtomatik olinadi, qo‘lda nusxa emas). Ildiz<body>ning bevosita bolasi bo‘lsin: eni 100 %, bo‘yi kamida ekran balandligi. - Moslashuv: ≤ 1100 px — brend paneli torayadi; ≤ 860 px — panel va QR yashiriladi, bitta ustun; ≤ 560 px — telefon ko‘rinishi (karta fonsiz, chekka 16 px).
- Qadamlar:
<form data-eco-steps>ichida[data-step="1|2|3"], tugma[data-step-go="N"]; qadamlar chizig‘i —[data-eco-steps-nav](.eco-stepper). Tekshiruv: formadaeco:stephodisasi ({from, to}) —e.preventDefault()o‘tishni to‘xtatadi. Dasturdan:PDPUI.steps.go(form, 2). - SMS kod:
.eco-otp__cell— raqam kiritilsa keyingisiga o‘tadi, Backspace orqaga, butun kodni qo‘yish (paste, SMS avtoto‘ldirish) ishlaydi; to‘lgandaeco:otp({code}) — serverda tekshiring, xato bo‘lsae.preventDefault()(keyingi qadamga o‘tmaydi). - Logotip: namunada
<use href="#eco-logo"/>— DS sahifasining belgilar to‘plamidan. Mahsulotda o‘rniga fayl: Light · Dark (<img class="eco-auth__logo">). Ikonkalar (#i-…) — Yadro → Ikonkalar to‘plami. - Matnlar — neytral namuna (Madina, +998 90 …): o‘zingiznikiga almashtiring;
href="#dash-auth-…"havolalari — kirish/shartlar sahifangizga.
<form class="eco-auth__card" data-eco-steps novalidate> … </form>
<script>
const form = document.querySelector('[data-eco-steps]');
form.addEventListener('eco:step', e => { if (e.detail.to === 2 && !phoneValid()) e.preventDefault(); }); // telefon xato — o‘tmaydi
form.addEventListener('eco:otp', async e => { e.preventDefault(); if (await verify(e.detail.code)) PDPUI.steps.go(form, 3); });
</script>
Ta‘lim jadvallari [Education]
Jurnal, dars jadvali va dars sahifasi
Ta‘lim mahsulotlari (LMS, o‘quv markazi) uchun uch ota Modda: baholar jurnali, haftalik jadval, dars pleyeri.
Doska [Board]
Doska — bosqichlar bo‘yicha kartalar
Qoidalar va kod
Voronka va vazifa doskasi: .eco-board (ustunlar) va .eco-board__card. WIP chegarasi, korxona bo‘yicha qatorlar, karta yoshi va 5 ustun sig‘ishi — Doska II. ERP, LMS va Desk shu ota qismdan oladi.
Navigatsiya relsi [Nav rail]
Navigatsiya relsi — o‘rta ekran uchun vertikal panel
Planshet va o‘rta oynada pastki panel o‘rnini bosadi: .eco-rail. Yon menyu turlari — Yon menyu turlari.
Navigatsiya relsi [Nav rail]
.eco-rail · rail.cssQoidalar va kod
Tuzilma
.eco-rail — 80 px ustun: tepada .eco-fab--tonal, pastda .eco-navbar__item bandlari (xuddi pastki panel bandlari). Rangi — sahifa fonida; qora rels (--eco-rail-*) — Rels rangi.
Kod
<nav class="eco-rail" aria-label="Asosiy (rels)"> <button type="button" class="eco-fab eco-fab--tonal" aria-label="Yangi vazifa"><svg aria-hidden="true"><use href="#i-plus"/></svg></button> <a class="eco-navbar__item" href="#rail"><span class="eco-navbar__ico"><svg aria-hidden="true"><use href="#i-house"/></svg></span>Bosh</a> <a class="eco-navbar__item" href="#rail"><span class="eco-navbar__ico"><svg aria-hidden="true"><use href="#i-calendar"/></svg></span>Jadval</a> <a class="eco-navbar__item" href="#rail" aria-current="page"><span class="eco-navbar__ico"><svg aria-hidden="true"><use href="#i-notepad-text-fill"/></svg></span>Vazifalar</a> <a class="eco-navbar__item" href="#rail"><span class="eco-navbar__ico"><svg aria-hidden="true"><use href="#i-user"/></svg></span>Profil</a> </nav>
Silsila
Hujjat sahifasi [Record page]
Hujjat sahifasi: summa, bosqich, zanjir va amal — bitta qarashda
Qoidalar va kod
Bitta hujjatning to‘liq sahifasi: tepada oldingi/keyingi yozuv, katta summa, hujjat bosqichi; ostida ikki ustun — asosiy ma’lumot va yon rels (tasdiq zanjiri, hujjatlar zanjiri, izoh, fayl); pastda yopishqoq amal paneli. ERP ning 15 ta tafsilot sahifasi shu qolipdan chiqadi.
Hujjat bosqichi [Document lifecycle]
Hujjat bosqichi: hujjat qayerda ekanini bir qarashda ko‘rsatadi
Qoidalar va kod
Matnli «Joriy qadam: Direktor» o‘rniga ko‘rinadigan yo‘l: har bosqichda kim va qachon, joriy bosqich — shakl va matn bilan. Hujjat sahifasi, ro‘yxat katagi va yon rels uchun bitta komponent: .eco-lifecycle.
Tasdiq zanjiri [Approval chain]
Tasdiq zanjiri va tasdiq qutisi
Qoidalar va kod
«Joriy qadam: Direktor» o‘rniga ko‘rinadigan zanjir: kim tasdiqladi, kim navbatda, qaysi chegarada, qancha vaqti bor. Navbat meniki bo‘lsa — qatorning o‘zida «Tasdiqlash» va «Rad etish»; ko‘p so‘rov bo‘lsa — klaviaturali tasdiq qutisi.
Audit izi [Audit trail]
Audit izi: kim, nimani, qachon — va nima o‘zgardi
Qoidalar va kod
Hujjat tarixi va tizim audit jurnali uchun bitta komponent: kunlar bo‘yicha lenta, har yozuvda ijrochi, amal, ob’ekt, vaqt, IP va qurilma, sabab; o‘zgargan maydonlar — «oldin → keyin»; maxfiy qiymat maskalangan va faqat sabab bilan ochiladi.
Izoh va biriktirma [Notes & attachments]
Izoh va biriktirma: muhokama, fayl va bog‘langan ish — hujjat yonida
Qoidalar va kod
Hujjat relsidagi uchta blok: izoh lentasi (@eslatma, ichki / tashqi), fayllar (majburiy hujjatlar bilan) va bog‘langan vazifa va chatlar. Hujjat kartasida muhokama va dalil bitta joyda; Task va Chat kitlariga havola.
Bosma varaq [Print sheet]
Bosma varaq: ekrandagi hujjat — qog‘ozdagi hujjat
Qoidalar va kod
«Chop etish» tugmasi o‘rniga A4 varaq: sarlavha, rekvizit, jadval, imzo, muhr va tekshirish QR’i. Qog‘oz Dark rejimda ham oq; «Chop etish» faqat varaqni chiqaradi (@media print), «PDF» va «Yuborish» — shu varaqning o‘zi.
Ro‘yxat sahifasi II [List page II]
Ro‘yxat sahifasi II: bo‘linma ko‘rinish, qator amallari, ommaviy tanlov
«Ro‘yxat sahifasi»ning davomi: Tasdiq qutisi (ro‘yxat + ko‘rik), qator menyusi, o‘zgargan ko‘rinish, «Barcha 160 ta» va xavfli amal tasdig‘i.
Filtr quruvchi [Filter builder]
Filtr quruvchi: ro‘yxat va ERP konteksti
Task’dagi filtr komponenti — ro‘yxat sahifasida: summa, kontragent, sana, korxona, holat. Chip → menyu → natija soni; murakkabi — «va / yoki» guruhlari.
Solishtiruv [Reconciliation]
Solishtiruv ish stoli: ko‘chirma qatori ↔ yozuv
Bitta ko‘chirma qatori — unga mos hujjat. Ishonch foizi, to‘rt amal (Bog‘lash, Yaratish, Bo‘lish, Muhokama) va farq 0 ga yetguncha yopilmaydigan panel.
Holatlar II [States II]
Holatlar II: ruxsat yo‘q, eskirgan, qisman, oflayn
Bo‘sh / yuklanmoqda / xato holatlariga qo‘shimcha: 403, «5 daqiqa oldin», qisman yuklandi, oflayn va 7 ekran turi uchun skeletlar.
Hisobot jadvali [Report table]
Hisobot jadvali: reja–fakt, yosh tahlili, davrlar solishtiruvi
Qoidalar va kod
Moliyaviy hisobot — pog‘onali jadval: yig‘iladigan guruhlar, qotgan sarlavha va «Jami» tokchasi. Ustiga og‘ish chizig‘i, yosh tahlili, ikki davr va hujjatga o‘tish qo‘shilgan.
Davr yopish [Period close]
Davr yopish: qadamlar zanjiri, farqlar va qulf
Qoidalar va kod
Oy yopilishi bir kunda bitmaydi: har qadamning mas’uli, muddati va bog‘liqligi bor. Kokpit nima to‘xtab turganini va davr hozir qaysi holatda ekanini ko‘rsatadi.
Daraxt jadvali [Tree table]
Daraxt jadvali: hisoblar rejasi va shtat tuzilmasi
Pog‘onali ma’lumot ustunlar bilan: har ota qatorda pastdagilarning yig‘indisi, ochish/yopish, chekinish. Klaviatura bilan to‘liq yuradi.
Import ustasi [Import wizard]
Import ustasi — fayldan ma’lumotga
Fayl → ustunlarni moslash → qiymatlarni moslash → tekshiruv → quruq yuklash → import. Hech narsa tekshirilmay saqlanmaydi; har qadamda ortga qaytish mumkin.
Ruxsatlar [Permissions]
Ruxsatlar — modul, amal, ko‘lam
Qoidalar va kod
Kim nimani ko‘ra oladi, yarata oladi, tasdiqlaydi va chiqaradi — modul × amal × ko‘lam matritsasi, maxfiy maydon darajasi, chorak ko‘rik va «Ruxsatni tekshirish». Ruxsat yo‘q — jim xato emas, tushunarli holat.
Formalar asoslari [Form foundations]
Formalar asoslari — maket, ustunlar, tekshiruv va forma xatosi
Forma darajasidagi qoidalar: vertikal maket sukut, 4 · 8 · 12 ustun, yuborishda hammasi tekshiriladi, birinchi xatoga skroll va fokus, forma xatosi — Alert.
Forma II [Form II]
Forma II — qoralama, tekshiruv, yopishqoq panel
Qoidalar va kod
Uzun ish formasi yo‘qotmaydi: qoralama o‘zi saqlanadi, xatolar xulosada yig‘iladi va maydonga sakraydi, saqlanmagan o‘zgarish bilan chiqib ketish ogohlantiriladi.
Vaqt jadvali [Time grid]
Vaqt jadvali — tabel, hafta, taqvim
Qoidalar va kod
Odamlar × kunlar (tabel), haftalik soatlar va oy taqvimi — bitta ota qism. Dam olish kunlari kulrang, bugun — siyoh raqam, sababsiz — yagona qizil; davr tasdiq bosqichlari va katakni tahrirlash klaviatura bilan ishlaydi.