Brend kim, nimaga ishonadi va qanday gapiradi — missiya, shior, vizyon, qadriyatlar, auditoriya va xarakter, slayd kabi. Logotip, rang, shrift va qo‘llash qoidalari — DS bo‘limlarida, shu yerdan havola bilan.
PDP EcoSystem — PDP loyihalarini birlashtiruvchi ota brend.
Ta’lim loyihalari (Academy, School, University, Online, Junior) va ular atrofidagi loyihalar shu nom ostida ishlaydi.
Biz kimmiz — va kim emasmiz
Biz —Biz emas —
ekotizim, loyiha, yo‘lBiz emas — holding, konglomerat (ichki hujjatdan tashqari)
hamkorlik, birgaBiz emas — eksklyuziv, unikal, noyob
yaxshi tomonga o‘zgartirishBiz emas — inqilob, portlash, «bomba»
Missiya
Ezgulik yo‘lida zamonaviy ta’lim, yetakchi mutaxassislar, farovon hayot
PDP EcoSystem’ning missiyasi bu — zamonaviy va yuqori sifatli ta’lim orqali raqobatdosh professional mutaxassislarni tayyorlash. Shu orqali ularning hayotini yaxshi tomonga o‘zgarishiga va ezgulik yo‘lida xizmatchi bo‘lib, jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi liderlar sifatida namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘lish.
Shior
Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish.
Vizyon
PDP EcoSystem kelajakda o‘zining zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qodir professional mutaxassislarni yetishtirib, loyihalarni yaratib, xalqaro miqyosidagi multinatsional gigant korporatsiyaga aylanadi.
Qadriyatlar
Halollik va IshonchlilikBizning harakatlarimiz va qarorlarimiz ochiqlik va adolat asosida amalga oshiriladi.
Raqobatbardoshlik va ProfessionalizmBiz doimo yuqori sifatli xizmat va mahsulotlar taqdim etishga intilamiz, biznesda raqobatbardoshlikni saqlab turish uchun doimiy ravishda professional mahoratimizni oshiramiz.
Tanqid va Yangi g‘oyalarga ochiqlikBiz yangiliklarni qadrlaymiz va har doim o‘zaro hurmat asosida ochiq tanqidga tayyormiz.
O‘zaro hurmat va HamkorlikBiz jamoa sifatida bir-birimizga hurmat bilan yondashamiz va birgalikda ishlash orqali kuchliroq natijalarga erishamiz.
Mas’uliyat va DahldorlikBizning har bir xodimimiz o‘z ishiga va jamoaga nisbatan mas’ul.
Doimiy rivojlanish va O‘rganishBiz doimiy o‘rganish va shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishga intilamiz.
Qadriyat matnda qanday ko‘rinadi
Qadriyat nomini postga yozish shart emas, u xatti-harakatda ko‘rinsin
Ma’nosiKommunikatsiyadagi qoida
Halollik va IshonchlilikMa’nosiBizning harakatlarimiz va qarorlarimiz ochiqlik va adolat asosida amalga oshiriladi.Kommunikatsiyadagi qoidaRaqam manbasi va sanasi bilan beriladi: «minglab bitiruvchilar» emas, «[3 500] bitiruvchi, 01.09.2026 holatiga».
Raqobatbardoshlik va ProfessionalizmMa’nosiBiz doimo yuqori sifatli xizmat va mahsulotlar taqdim etishga intilamiz, biznesda raqobatbardoshlikni saqlab turish uchun doimiy ravishda professional mahoratimizni oshiramiz.Kommunikatsiyadagi qoidaHar bir yutuq o‘lchov bilan yoziladi: nechta, qachon, qaysi daraja.
Tanqid va Yangi g‘oyalarga ochiqlikMa’nosiBiz yangiliklarni qadrlaymiz va har doim o‘zaro hurmat asosida ochiq tanqidga tayyormiz.Kommunikatsiyadagi qoidaKamchilik yashirilmaydi: «Nima ishlamadi va nima qilamiz» degan bo‘limga ruxsat bor (hisobot, Big Day postlari).
O‘zaro hurmat va HamkorlikMa’nosiBiz jamoa sifatida bir-birimizga hurmat bilan yondashamiz va birgalikda ishlash orqali kuchliroq natijalarga erishamiz.Kommunikatsiyadagi qoidaHammaga «siz» deb murojaat qilinadi. Ism-sharif to‘liq, lavozimi bilan yoziladi.
Mas’uliyat va DahldorlikMa’nosiBizning har bir xodimimiz o‘z ishiga va jamoaga nisbatan mas’ul.Kommunikatsiyadagi qoidaHar bir e’londa mas’ul shaxs yoki aloqa kanali ko‘rsatiladi.
Doimiy rivojlanish va O‘rganishMa’nosiBiz doimiy o‘rganish va shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishga intilamiz.Kommunikatsiyadagi qoidaYangilik o‘quvchiga nima o‘rgatishi yoki nima berishi bilan tushuntiriladi.
Brend modeli
MissiyaEzgulik yo‘lida zamonaviy ta’lim, yetakchi mutaxassislar, farovon hayot
ShiorDunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish.
VizyonPDP EcoSystem kelajakda o‘zining zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qodir professional mutaxassislarni yetishtirib, loyihalarni yaratib, xalqaro miqyosidagi multinatsional gigant korporatsiyaga aylanadi.
QadriyatlarHalollik va IshonchlilikRaqobatbardoshlik va ProfessionalizmTanqid va Yangi g‘oyalarga ochiqlikO‘zaro hurmat va HamkorlikMas’uliyat va DahldorlikDoimiy rivojlanish va O‘rganish
PDP EcoSystem
Maqsadli auditoriya
Ota brend iste’molchiga emas, avvalo hamkor va jamiyatga gapiradi.